O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish 50 trln so‘mga yetdi O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2016-yildagi 1,7 trln so‘mdan 2026-yilda 50 trln so‘mga yetdi. So‘nggi 10 yilda sohaga 2 mlrd dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda ma’lum qildi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/elektrotexnika-ishlab-chiqarish @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
- 11
- 9
- 8