← К ленте

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

@anhor_uzbНовости и СМИ

4.4К подписчиковПостов за неделю: 187

Yangiliklar, voqealar, fikrlar. Reklama boʻyich: @anhorreklama https://anhor.uz/anhor-reklama/ Sayt tahririyati bilan aloqa uchun: @RedAnhorBot +99890 529-9-925 Pochta: info@anhor.uz Telegram (rus tilida) - https://t.me/anhoruz 848428

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

G‘arb Markaziy Osiyoda harbiy bazalar ochishni taklif qilmoqda G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘z hududida harbiy bazalar joylashtirish taklifi bilan murojaat qilmoqda. Biroq mintaqa davlatlari bu tashabbuslarni rad etayotgani aytilmoqda. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Taalatbek Masadiqov ma’lum qildi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/g-arb-markaziy-osiyoda-harbiy-bazalar-ochishni-taklif-qilmoqda @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, ...

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Behruz Karimov Bundesligaga o‘tishi mumkin(mi?) O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Shveysariyaning “Lugano” klubi himoyachisi Behruz Karimov Germaniya Bundesligasi vakilidan taklif olgan. Biroq futbolchining agentlari uning qishki transfer oynasida jamoasini almashtirishiga shoshilmayapti. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/sport/bundesliga-karimov @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

  • 1
Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

22 yil akvariumda yashagan toshbaqa okeanga qaytarildi Irlandiyada 2004-yilda qutqarilgan Molly laqabli dengiz toshbaqasi 22 yildan ortiq davom etgan reabilitatsiyadan so‘ng okeanga qo‘yib yuborildi. Uning oldingi suzgichlari og‘ir jarohatlangan edi. Hozir Molly sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/22-yil-akvariumda-yashagan-toshbaqa-okeanga-qaytarildi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

  • 1
Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Tramp koalitsiyasi zaiflashdi: respublikachilar oldida yangi tanlov AQSHdagi oraliq saylovlarda yirik yo‘qotishlardan so‘ng Respublikachilar partiyasida kelajak strategiyasi bo‘yicha bahslar kuchaydi. Partiya oldida Tramp siyosatini davom ettirish yoki 2028-yil oldidan yangi yo‘nalish tanlash masalasi turibdi. JD Vance, Marco Rubio va boshqa siyosatchilar ehtimoliy prezidentlik da’vogarlari sifatida tilga olinmoqda. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/dunyoda/tramp-koalitsiyasi-zaiflashdi-respubl...

  • 1
Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Toshkentda 1602 MVA quvvatli yangi podstansiya ishga tushirildi Toshkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi. 1602 MVA quvvatli obyekt Toshkent shahri va viloyatning bir qismidagi elektr ta’minotini mustahkamlashi kutilmoqda. Loyiha qiymati 171,4 mln dollarni tashkil etadi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/toshkentda-1602-mva-quvvatli-yangi-podstansiya-ishga-tushirildi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

  • 1
Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, 22 kishi jarohatlangan Yaponiyaning Aychi prefekturasida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kamida 22 kishi jarohatlandi, ayrim do‘konlarning oynalari sindi. Meteorologiya agentligi yaqin kunlarda yana kuchli silkinishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/dunyoda/yaponiyada-6-magnitudali-zilzila-sodir-boldi-22-kishi-jarohatlangan @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

  • 1
Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Yo‘lovchini qutqargan shifokorga ko‘krak nishoni topshirildi Toshkent–Seul yo‘nalishidagi HY511 reysida ahvoli keskin yomonlashgan ayolga yordam ko‘rsatgan shifokor Hasan Komilov taqdirlandi. Unga “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni topshirildi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/yolovchini-qutqargan-shifokorga-kokrak-nishoni-topshirildi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Krakovda otishma uyushtirgan shaxsning uyidan yana 3 kishining jasadi topildi Krakovda otishma uyushtirgan shaxsning uyidan yana 3 kishining jasadi topildi. Donald Tuskning aytishicha, ular hujumchining yaqin qarindoshlari bo‘lishi mumkin. Polshada 8 va 9-noyabr kunlari umummilliy motam e’lon qilindi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/dunyoda/krakovda-otishma-uyushtirgan-shaxsning-uyidan-yana-3-kishining-jasadi-topildi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Krakovdagi otishmada 6 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi jarohatlandi Polshaning Krakov shahridagi otishmada 6 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi jarohatlandi. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi, u o‘qotar quroldan jarohat olgan. Uning uyidan yana 3 kishining jasadi topilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/dunyoda/krakovdagi-otishmada-6-kishi-halok-boldi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Toshkentda 1,4 kg giyohvandlik va sintetik moddalar musodara qilindi Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 fuqaroning yashash xonadonidan jami 1,4 kg giyohvandlik va sintetik moddalar aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/toshkentda-1-kg-giyohvandlik-va-sintetik-moddalar-musodara-qilindi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

O‘zbekiston aeroportlari 12,66 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, 67% Toshkent hissasiga to‘g‘ri keldi 2026-yilning 9 oyida O‘zbekiston aeroportlari 12,66 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Ularning 67,1% Toshkent xalqaro aeroporti hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayrim hududiy aeroportlarda o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, Namangan, Qarshi, Buxoro va Navoiyda yo‘lovchilar oqimi kamaydi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/ozbekiston-aeroportlari-12-mln-yolovchiga-xizmat-korsatdi @anhoruz | Yangiliklar, v...

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Surxondaryo hokimiga yolg‘on qo‘ng‘iroq: "Alo, Prezident administratsiyasidanman" O‘zini Prezident administratsiyasi xodimi sifatida tanishtirib, Surxondaryo viloyati hokimidan afg‘onistonlik tadbirkorga yordam berishni talab qilgan sobiq amaldor 3 yil 1 oyga qamaldi. Sud uni tovlamachilik va hokimiyat vakilini qonunga xilof harakatga majbur qilishda aybdor deb topdi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/surxondaryo-hokimiga-yolgon-qongiroq @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Qirg‘iziston dunyodagi eng uzun shisha ko‘prikni qurmoqchi Qirg‘izistonning “Ala Archa” milliy bog‘ida 732 metr uzunlikdagi osma shisha ko‘prik qurish rejalashtirilmoqda. Qurilish 2026-yil noyabrda boshlanib, 2027-yil oxirigacha yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Loyiha amalga oshsa, ko‘prik dunyodagi eng uzun osma shisha ko‘prikka aylanishi mumkin. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/dunyoda/qirgiziston-dunyodagi-eng-uzun-shisha-koprikni-qurmoqchi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИвчера
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Samarqandda maktab direktori pora bilan ushlandi Samarqand shahrida fuqaroni o‘qituvchilik lavozimiga ishga joylashtirish evaziga 400 dollar pora olganlikda gumon qilingan maktab direktori ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/samarqand-maktab-direktori-pora @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИ7 ноября 2026
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Putin Rossiya, AQSH va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar sanasini tasdiqladi Rossiya prezidenti muzokaralarni tashkil etish va gumanitar masalalarda, jumladan, harbiy asirlarni almashishda vositachilik qilayotgani uchun BAA rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/putin-rossiya-aqsh-ukraina-muzokaralar @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИ7 ноября 2026
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Sankt-Peterburg yaqinida Leningradni himoya qilgan o‘zbekistonliklar xotirasiga yodgorlik ochildi Rossiyaning Leningrad viloyatida Ikkinchi jahon urushi yillarida Leningrad uchun janglarda qatnashgan o‘zbekistonliklar sharafiga yodgorlik stela ochildi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/leningrad-himoya-uzbekistonliklar-yodgorlik @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИ7 ноября 2026
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha yangi qoidalar joriy etilmoqda O‘zbekistonda ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Yangi qoidalarga ko‘ra, chiptalar elektron shaklda sotilishi, odamlar zichligi dronlar yordamida nazorat qilinishi va ayrim qoidabuzarlarning tadbirlarga kirishi sud qarori bilan vaqtincha cheklanishi mumkin. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/ommaviy-tadbirlar-yangi-qoidalar @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИ7 ноября 2026
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Trampning mag‘lubiyati Eronni ruhlantirdi AQSHda oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasining mag‘lubiyatga uchrashi Erondagi konservativ siyosiy kuchlarning pozitsiyasini yanada keskinlashtirdi. Ular Vashington bilan urushni tugatish uchun Tehron foydasiga jiddiy yon berishlarni talab qilmoqda. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/dunyoda/trampning-maglubiati-eronni-ruhlantirdi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida@anhor_uzbНовости и СМИ7 ноября 2026
  • Фото поста канала  Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida

Turkmaniston bilan chegarada transport oqimi ortib, yuklama kuchaymoqda 2024-yilda o‘rtacha kunlik transport oqimi 530 ta, 2025-yilda esa 700 ta yuk avtomobilini tashkil etgan. Oktabr oyining so‘nggi haftalarida chegara o‘tkazish punktlariga tushayotgan yuklama sezilarli darajada oshgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/turkmaniston-chegara-transport-oqim @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar