Andijon tashrifi yakunlandi: Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi Andijonda kelgusi yil iqtisodiy o‘sishni kamida 10 foizga yetkazish, 5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 mlrd dollarga chiqarish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilishda fermer va klasterlarga subsidiya, ming ishchili korxonalar uchun imtiyozlar, 600 mln dollarlik logistika kompleksi, “Asaka muhandislik vodiysi” va mikro GESlarni lizing asosida berish kabi choralar ham belgilandi. Shuningdek, ayollar bandligi uchun 20 mln dollarlik alohida jamg‘arma tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/andijon-tashrifi-yakunlandi-shavkat-mirziyoyev-toshkentga-qaytdi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
- 9
- 8
- 8
- 8