Mustaqil auditlar natijalari: IMAN’da kamomad yoʻq, aksincha u sof foydada. 17-noyabr kuni o‘tkazilgan brifing uchrashuvida 5 yoʻnalish boʻyicha mustaqil tekshiruvlar (Due Diligence) natijalari taqdim etildi: 1. Maxsus moliyaviy masala bo‘yicha tekshiruv (Russell Bedford): 20 million dollarlik kamomad aniqlanmadi. Bu raqam uchta turli koʻrsatkich yigʻindisi boʻlib, zarar miqdorini aks ettirmaydi. 9 oylik tushum — 1 032,6 mlrd soʻm, zaxiralar — 82,5 mlrd soʻm. Hisob milliy standartlarga (BHMS) muvofiq yuritilgan. 2. Soliq (Turon Himoyasi): davlat byudjetiga 2024-yil boshidan beri 67,4 mlrd soʻm soliq toʻlangan. 3. Yuridik (Baker Tilly): dastlabki xulosaga ko‘ra faoliyat qonuniy, moliyaviy piramida belgilari aniqlanmadi. 4. Regulyator (Centil Law): kompaniya Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazoratiga oʻtmoqda. 5. Sharʼiy (Usmani’s): auditning dastlabki xulosalari ijobiy. Maxsus moliyaviy masalalar bo‘yicha audit natijalari kompaniya rasmiy saytida e’lon qilindi. Qolgan yo‘nalishlardagi auditlar yakunlanishi bilan, hisobotlar toʻliq eʼlon qilib boriladi. Batafsil — press-relizda. IMAN Auditorlik tashkilotining hisoboti “Russell Bedford A Darajo Audit” MChJ hisoboti: texnik topshiriqning 2–5-savollari — tushumni tan olish, foyda va dividendlar, muammoli qarzdorlik va zaxira, boshqaruvchi kompaniyaga berilgan foizsiz qarzlar.
- 76
- 9
- 3
- 2