Bir ko‘chadan davlat siyosatigacha: mahalla qanday o‘zgarmoqda? Bir vaqtlar mahalladagi muammoni faqatgina shu hududdagi oqsoqollar bilgan. Kimning uyida to‘y, kimning xonadonida tashvish, kim ishsiz, kim yordamga muhtoj — bularning barchasi ko‘pincha bir ko‘cha ichida ma’lum bo‘lgan. Oradan asrlar o‘tdi. Bugun mahalla raisi yonida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va boshqa mutaxassislar ishlaydi. Muammolar elektron tizimga kiritiladi, mablag‘lar ajratiladi, loyihalar shakllantiriladi va ijro onlayn kuzatib boriladi. Ammo savol hamon o‘sha-o‘sha, mahalla odamning muammosini o‘z joyida hal qila olyaptimi? Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/ichkaridan-nazar/mahalla-davlat-jamiyat @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
- 22
- 15
- 14
- 12