Qirg‘izistonning Qo‘ytosh qishlog‘ida sobiq prezident Almazbek Atambayevning qarorgohi o‘rnida qariyalar va bolalar uchun ijtimoiy majmua barpo etilmoqda. Uch gektarli hududda 200 o‘rinli qariyalar uyi, bolalar bog‘chalari, davolash korpusi va dam olish zonalari joy oladi. Qurilish ishlari allaqachon 70 foizga yakunlangan. Qarorgoh 2020-yilda sud qarori bilan musodara qilingan. 2025-yilda esa sobiq rahbarning oila a’zolari u yerdan chiqarib yuborilgan. Majmua 2027-yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi. 👉🔴@KORAXABAR - ТВда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!🫴 https://t.me/+BCfKW1krS-k1NmUy
- 39
- 26
- 2