Sadir Japarov zavodlar yopilsa, Qirg‘izistonni Singapurga aylantirib boʻlmasligini aytdi Prezident “Junda” zavodini yopishni so‘ragan fuqaroga shunday javob qaytardi. Fuqaro zavod sababli aholida allergiya, soch to‘kilishi va qon bosimi ko‘tarilishi kuzatilayotganini aytgan. Zavodlarni ko‘paytira olmayapmiz, siz esa ularni yopishni taklif qilyapsiz. Xalqning 90 foizi olti yildan beri: “Zavod va fabrikalar quring, ish bering, bizni Singapurga aylantiring”, deb so‘rayapti. Zavodlar qurmasam, buni qanday amalga oshiraman. Axir sehrgar emasmanku…Agar kasal bo‘lsangiz, ehtimol, korxonani boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘lar. Qanday qilib zavodlarni yopishimiz mumkin? dedi Qirgʻiziston prezidenti fuqaroga. 👉🔴@KORAXABAR - ТВда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!🫴 https://t.me/+BCfKW1krS-k1NmUy
- 44
- 17
- 1