Apple Pay'ni kutib oling! Endi iPhone'ingiz — Sizning Hamkorbank kartangiz! 📱 Hamyoningizdan karta qidirishga vaqt sarflamang! Endi sevimli xaridlaringiz, ertalabki qahvangiz va kutilmagan quvonchlaringiz uchun to‘lov qilish yanada oson — to‘g‘ridan-to‘g‘ri iPhone’ingiz orqali. 💜 Apple Pay nima? Bu iPhone yordamida kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishning qulay va xavfsiz usuli. Endi jismoniy kartani yoningizda olib yurish yoki uni hamyondan chiqarish shart emas — kartangizni Apple Pay’ga qo‘shing va smartfoningiz yordamida bir harakat bilan xaridlar uchun to‘lovni amalga oshiring. 😅 Hamkorbank’ning istalgan Visa kartasini bir necha soniyada Apple Pay’ga qo‘shing — iPhone’ingiz tezkor va qulay to‘lovlarga tayyor! Uni kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi terminalga yaqinlashtiring, zarur bo‘lsa, to‘lovni tasdiqlang — tamom! 👍 Apple Pay’ning zamonaviy himoya texnologiyalari to‘lovlaringiz xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi: to‘lov vaqtida kartaning haqiqiy raqami o‘rniga maxsus noyob token ishlatiladi. 💳 Hamkorbank Visa kartangizni bugunoq Apple Pay’ga ulang va har bir xaridingizda erkinlik, qulaylik hamda zamonaviy to‘lov imkoniyatlaridan bahramand bo‘ling! 🍏 Batafsil
- 20
- 2
- 2
- 1