Bayram ortidagi qonli tarix: Xalqaro talabalar kuni qanday paydo bo‘lgan? Bugun, 17-noyabrda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida talabalar tabriklanadi, universitetlarda bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Ammo bu kunning kelib chiqishi bayram emas, fojia bilan bog‘liq. 1939-yilda natsistlar Chexiya universitetlarini yopib, 9 nafar talaba harakati vakili va universitet xodimini qatl etgan, qariyb 1 200 talabani konslagerga yuborgan. Oradan 50 yil o‘tib, xuddi shu sana yana tarixiy burilishga sabab bo‘lgan, talabalar namoyishi Chexoslovakiyada kommunistik tuzumni qulatgan Baxmal inqilobga turtki bergan. Xo‘sh, bugun quvonch bilan nishonlanadigan 17-noyabrning asl tarixi qanday? Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/ichkaridan-nazar/xalqaro-talabalar-kuni @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
- 1