Tojikistonda yuz bergan avariya sabab vodiyning ayrim hududlarida “svet” öçdi Bugun, 19-noyabr kuni soat 06:19 da Sirdaryo IESdan Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi uzatuvçi, Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli “L-503” elektr uzatiş tarmoğida noqulay ob-havo sabab avariyaviy uziliş yuz bergan. Bu esa ayrim uylarning elektr ta’minotidan uzilişiga sabab bölgan. Energetika vazirligi xabariga köra, ayni paytda Tojikiston bilan hamkorlikda elektr uzatiş tarmoği faoliyatini tiklaş böyiça tezkor işlar olib borilmoqda. Ta’mirlaş yakunlangunga qadar vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotiga çeklovlar kiritiladi. 👉🔴@KORAXABAR - ТВда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!🫴 https://t.me/+BCfKW1krS-k1NmUy
- 32
- 8
- 1