💊Andijon va Surxondaryoda narkosavdogarlar qo‘lga olindi 🕵️♂️ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish izchil davom ettirilmoqda. 1️⃣ Xususan, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu manzildan jami 1 kg 157 gr “gashish” moddasi va 1946 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, tezkor tadbir davomida mazkur shaxsdan “Regapen” dori vositasini sotib olmoqchi bo‘lgan 2001 y.t. mahalliy fuqaro ham ushlanib, uning yonida bo‘lgan 1,5 gr “gashish” moddasi va 2 dona “Regapen” dori vositasi protsessual tartibda hujjatlashtirildi. Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 2️⃣ DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi savdosiga chek qo‘yildi. Xususan Termiz xalqaro savdo markazida oldindan kuzatuvga olingan – 1986 y.t. Afg‘oniston fuqarosi sotish uchun mo‘ljallangan choponlar orasiga yashirgan holda mamlakatimizga kontrabanda qilingan 6 kg 342 gr “gashish” moddasini 15 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda qo‘lga olindi Hozirda xorij fuqarosiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 📞Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. 👉🔴@KORAXABAR - ТВда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!🫴 https://t.me/+BCfKW1krS-k1NmUy
- 23
- 2