🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazida “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi. ♾ Ushbu burchak orqali fuqarolar kadastr xizmatlaridan foydalanish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda arizalarni ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan mutaxassislardan joyida bepul huquqiy va amaliy maslahatlar olishmoqda. ✔️ Bu kabi qulayliklar aholining kadastr sohasidagi savollariga tezkor javob olish, ortiqcha vaqt va sarf-xarajatlarning oldini olish hamda xizmatlardan yanada oson va qulay foydalanish imkonini yaratmoqda. 🎞 Ushbu kadastr maslahat burchagi haqida aholining fikrini yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin. #Kadastr_agentligi #Kadastr_maslahat_burchagi 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
- 17
- 3
- 1
- 1