🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 BUXORODAGI SAYYOR QABUL DAVOM 7 SOATDAN BERI ETMOQDA 📍 Buxoro shahrida Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev rahbarligida fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazilmoqda. ➡️Sayyor qabul davomida viloyatning 13 ta shahar va tumanidan kelgan fuqarolar yer munosabatlari, ko‘chmas mulk obyektlarini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlarini shakllantirish va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilmoqda. 💙 E’tiborlisi, fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu sayyor qabul 7 soatdan buyon davom etmoqda. Jarayonda murojaatlar birma-bir tinglanib, ularning aksariyati joyida hal etilmoqda. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda. 🔝 Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish, qonuniy yechim topish hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qiladi. #Kadastr_agentligi #Sayyor_qabul 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
- 22
- 9
- 3
- 1
- 1