Daromad keltiradigan lokatsiya: Uzum Market buyurtmalarni topshirish punkti uchun joyni qanday tanlash kerak Buyurtmalarni topshirish punktini ochishda joy tanlash eng murakkab va muhim qarorlardan biri bo‘lib qolmoqda. 21-sentyabr kuni soat 19:00 da Uzum Market buyurtmalarni topshirish punktlari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha menejeri Diyorbek Isroilov bilan birgalikda joy tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini ko‘rib chiqamiz. Ma’ruzada ishtirokchilar ochishdan oldin qanday parametrlarni baholash kerakligini, nuqtaning jozibadorligiga qanday omillar ta’sir qilishini va qaysi stop-faktorlarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerakligini bilib oladilar. Shuningdek, franshiza asosida buyurtma topshirish punktini ochishni nimadan boshlash kerakligi va joy tanlashda xatolikka yo‘l qo‘ymaslik usullarini ko‘rib chiqamiz. Ma’ruza Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A-uy manzilida joylashgan Uzum E-com ofisida Franchise Community bepul lektoriyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv tili: o‘zbekcha Saytda oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirok etish bepul.
- 46
- 4
- 3