Click uchun video tushirishni xohlaysizmi? Mahoratingizni ko’rsating 💙 Biz Click bilan birga kontent yaratadigan kreatorlarni izlayapmiz. Balki aynan sizning g’oyalaringiz kelgusi loyihalarimizdan joy olar. 🎬 Loyihaga qanday qo’shilish mumkin? Eng yaxshi videoingizni tanlang: u ilgari chop etilgan yoki suratga olingan bo’lishi mumkin. Biz sizning g’oyangiz, uslubingiz, suratga olish va montaj mahoratingizga, shuningdek, ishingizni qanday taqdim etishingizga e’tibor beramiz. 🔗 Video havolasini ariza shakli orqali 26-noyabr kuni soat 23:59 gacha yuboring. Obunachilar va ko’rishlar soni ahamiyatga ega emas: biz uchun asosiysi sifat va o’ziga xoslik. 🤝 Keyingi qadam Bizga yoqqan mualliflarni Click jamoasi bilan uchrashuvga taklif qilamiz. Tanishamiz, g’oyalarni muhokama qilamiz, dastlabki ijodiy briflarni beramiz va birgalikda video yaratib ko’ramiz. Uslubi va yondashuvi bizga mos kelgan mualliflar uchun bu Click bilan uzoq muddatli tijoriy hamkorlikning boshlanishi bo’lishi mumkin. “Click bilan birga” tanlovi yakunlari bo’yicha taklif olgan bo’lsangiz, u o’z kuchida qoladi. Eng yaxshi roligingiz allaqachon tayyor. Endi uni bizga ko’rsating 💙
- 23
- 1