Ucell’dan butun O‘zbekiston bo‘ylab 5G Ucell mamlakatning barcha viloyat markazlarida beshinchi avlod aloqasini ta’minlamoqda. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatining barcha yirik shaharlari, shuningdek, Zarafshon, Olmaliq, Angren, Ohangaron, Parkent hamda Bo‘stonliq 5G tarmog‘i bilan qamrab olingan. Ucell kompaniyasi O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 5G texnologiyasini joriy etishni boshlagan. Hatto 2021-yilning aprel oyidayoq beshinchi avlod aloqasini birinchi bo‘lib tijoriy foydalanishga topshirgan. Ucell yuqori tezlikdagi aloqasi Toshkent metropolitenining ham bekatlarida, ham ular orasidagi tonnellarda ishlaydi. Ookla® mustaqil tahlili natijalariga ko‘ra, Ucell qatorasiga uchinchi yil O‘zbekistonning eng tezkor mobil tarmog‘i deb topilmoqda. Ucell 5G qamrovini kengaytirishda davom etib, mamlakat bo‘ylab tobora ko‘proq abonentlarga beshinchi avlod aloqasidan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
- 59
- 18
- 4
- 3