⚡️ Ajoyib xushxabar: «Uzbekistan Airways» Nukusdan Atirovga to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda! Agar Qozog‘istonning g‘arbiy hududlariga safar qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti. 29-noyabrdan boshlab Nukus – Atirov – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha yangi muntazam qatnovlar ochiladi. Samolyotlar har haftaning yakshanba kunlari parvoz qiladi. Rejalaringizni oldindan bemalol belgilab qo‘yish uchun juda qulay. Eng muhimi, narxlar ham hamyonbop. Aviachiptalar narxi 1 453 000 so‘mdan boshlanadi. Chiptalar sotuvga chiqqan! Ularni booking.uzairways.com rasmiy sayti, mobil ilova orqali, «Uzbekistan Airways Sales» filiallaridan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.
- 35
- 7
- 1