Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqishi haqida BMTni xabardor qildi Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning bayonotida ma’lum qilindi. Hujjatda qayd etilishicha, Tojikiston 20-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudining Rim statutidan chiqishi yuzasidan tashkilotni rasman xabardor qilgan. Tegishli qaror rasmiy xabarnoma olingan kundan bir yil o‘tib — 2027-yil 20-noyabrda kuchga kiradi. Avvalroq Yevropa Ittifoqi Tojikiston Putinni hibsga olmagani uchun norozilik bildirgandi. Rossiya prezidenti 19—20-noyabr kunlari Dushanbeda bo‘lgan. Rim statutiga a’zo Tojikiston Putinni hibsga olish orderiga amal qilishi lozim edi. 👉🔴@KORAXABAR - ТВда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!🫴 https://t.me/+BCfKW1krS-k1NmUy
- 47
- 22
- 10
- 3